Abituriyent Kirish Bepul boshlash

Foydalanish shartlari

Platformadan foydalanish qoidalari va tomonlarning majburiyatlari.

Yangilangan:

1. Umumiy qoidalar va rozilik

Ushbu shartlar test90 platformasi (keyingi o‘rinlarda — «Platforma») va undan foydalanuvchi shaxs (keyingi o‘rinlarda — «Foydalanuvchi») o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Ro‘yxatdan o‘tish — telefon raqami, Telegram yoki boshqa usul orqali — hamda Platformaning istalgan funksiyasidan foydalanish (sahifalarni ko‘rish, test yaratish, test ishlash, to‘lov qilish) Foydalanuvchining ushbu shartlarga to‘liq va so‘zsiz rozilik bildirganini anglatadi. Shartlarga rozi bo‘lmagan shaxs Platformadan foydalanishni to‘xtatishi lozim.

Platforma shartlarni o‘zgartirish huquqiga ega. Yangi tahrir Platformada e’lon qilingan kundan kuchga kiradi; shundan keyin Platformadan foydalanishni davom ettirish yangi tahrirga rozilik hisoblanadi.

2. Hisob

Hisob ma’lumotlarining to‘g‘riligi, parol va Telegram hisobining maxfiyligi uchun Foydalanuvchi javobgar. Hisob orqali amalga oshirilgan barcha harakatlar Foydalanuvchi tomonidan bajarilgan deb hisoblanadi. Bir hisobni bir nechta ustoz birgalikda ishlatishi tarif shartlariga bog‘liq.

3. Kontent va mualliflik huquqi

Yuklangan materiallar Foydalanuvchining mulki bo‘lib qoladi. Foydalanuvchi faqat o‘ziga tegishli yoki foydalanish huquqi bor materiallarni yuklaydi va uchinchi shaxslar huquqlari buzilgani uchun o‘zi javob beradi. Platforma xizmatni ko‘rsatish uchun zarur doirada (saqlash, tahlil qilish, test yaratish) materiallardan foydalanadi. Yuklangan fayllar oxirgi foydalanishdan 7 kun o‘tib avtomatik o‘chiriladi.

4. AI natijalari

Sun’iy intellekt yaratgan savollar, javob kalitlari, qayta yozilgan variantlar va baholar taklif hisoblanadi. Ularni o‘quvchilarga berishdan oldin ko‘rib chiqish va tasdiqlash ustozning majburiyati. Platforma AI natijalarining to‘liq to‘g‘riligi, pedagogik maqsadga muvofiqligi yoki biror imtihon talablariga mosligini kafolatlamaydi.

5. Taqiqlangan foydalanish

  • Boshqa shaxslarning mualliflik huquqini buzadigan materiallarni yuklash.
  • Platformani qayta sotish yoki o‘z nomi ostida xizmat sifatida taklif qilish.
  • Tizimga avtomatlashtirilgan ortiqcha so‘rovlar yuborish, xavfsizlikni chetlab o‘tishga urinish.
  • Boshqa foydalanuvchining hisobi yoki to‘lovidan foydalanish.

6. To‘lov

Ustozlar va o‘quv markazlari uchun tarif to‘lovi yillik bo‘lib, to‘lov tasdiqlangan kundan boshlab 12 oy muddatga amal qiladi. Muddat tugagach xizmatdan foydalanishni davom ettirish uchun keyingi davr to‘lovi amalga oshiriladi.

AI amallari quvvat hisobidan yechiladi. Sarflangan quvvat tiklanmaydi; quvvat pulga almashtirilmaydi va boshqa hisobga o‘tkazilmaydi.

Abituriyentlar uchun test to‘lovi har bir test (yoki to‘plam) uchun alohida amalga oshiriladi va to‘lov tasdiqlangandan keyin ochilgan imkoniyatlarga taalluqli bo‘ladi.

To‘lov chek (skrinshot) yoki to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi va Platforma ma’muriyati tomonidan tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. Noto‘g‘ri rekvizitlarga yoki uchinchi shaxsga qilingan to‘lov uchun Platforma javobgar emas.

7. To‘lovni qaytarish

Tasdiqlangan to‘lov qaytarilmaydi. Jumladan, Foydalanuvchi to‘lov davri tugashidan oldin Platformadan foydalanishni o‘z xohishi bilan to‘xtatsa, kam foydalansa yoki umuman foydalanmasa, shuningdek tarifni pastroq tarifga almashtirsa, to‘langan summa to‘liq yoki qisman qaytarilmaydi va keyingi davrga o‘tkazilmaydi.

Bir xizmat uchun xato tufayli ikki marta to‘lov qilingani Platforma tomonidan tasdiqlangan holda ortiqcha summa qaytarilishi yoki keyingi to‘lov hisobiga o‘tkazilishi mumkin — usulni Platforma belgilaydi.

8. Fors-major

Tomonlar o‘z nazoratidan tashqaridagi holatlar natijasida majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar bo‘lmaydi. Bunday holatlarga, jumladan, quyidagilar kiradi: tabiiy ofatlar, yong‘in, epidemiya, urush va tartibsizliklar; davlat organlarining qarorlari va cheklovlari; internet, elektr ta’minoti, aloqa va hosting provayderlaridagi uzilishlar; sun’iy intellekt xizmatlari (jumladan OpenAI va boshqa uchinchi tomon AI provayderlari), to‘lov tizimlari, Telegram va boshqa tashqi xizmatlarning ishlamay qolishi, cheklanishi, narxi yoki shartlarining o‘zgarishi; kiberhujumlar.

Fors-major holati davomida Platforma xizmatni vaqtincha to‘xtatishi yoki cheklashi mumkin; bunday davr uchun to‘lov qaytarilmaydi va kompensatsiya berilmaydi, xizmat esa holat bartaraf etilgach tiklanadi.

9. Javobgarlikni cheklash

Platforma «borligi holatida» taqdim etiladi va uzluksiz yoki xatosiz ishlashi kafolatlanmaydi. Platforma bilvosita zararlar, boy berilgan foyda, ma’lumotlar yo‘qolishi, AI natijalaridagi xatolar oqibatlari yoki imtihon natijalari uchun javobgar emas. Har qanday holatda Platformaning javobgarligi Foydalanuvchi so‘nggi 12 oyda Platformaga to‘lagan summadan oshmaydi.

10. Xizmatni o‘zgartirish va to‘xtatish

Platforma funksiyalarni, AI modellarini, quvvat narxlarini va tarif tarkibini xizmat sifatini saqlagan holda o‘zgartirishi mumkin. Shartlarni buzgan hisob ogohlantirishsiz to‘xtatilishi mumkin; bu holda to‘lov qaytarilmaydi. Foydalanuvchi istalgan vaqtda hisobini o‘chirishni so‘rashi mumkin — bunda 7-bo‘lim qoidalari amal qiladi.

11. Nizolarni hal qilish

Nizolar avvalo muzokara yo‘li bilan, Platformaning aloqa kanallari orqali murojaat qilish bilan hal etiladi. Kelishuvga erishilmasa, nizo O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ko‘rib chiqiladi.