Maxfiylik siyosati
Qanday ma’lumot to‘playmiz, nima uchun va qanday himoyalaymiz.
Bu siyosat test90 platformasidan foydalanganda qanday ma’lumotlar to‘planishini va ular qanday ishlatilishini tushuntiradi.
1. Qanday ma’lumot to‘playmiz
- Hisob ma’lumotlari: ism, telefon raqam, elektron pochta (ko‘rsatilgan bo‘lsa), o‘quv markaz nomi.
- Yuklangan materiallar: test tuzish uchun yuborgan fayllaringiz va ulardan ajratilgan matn.
- O‘quv ma’lumotlari: guruhlar, o‘quvchilar ro‘yxati, testlar, javoblar va baholar.
- Texnik ma’lumotlar: IP manzil, brauzer turi, kirish vaqti — xavfsizlik va nosozliklarni aniqlash uchun.
2. Nima uchun ishlatamiz
Ma’lumotlar faqat xizmatni ko‘rsatish uchun ishlatiladi: test va yozma ish yaratish, baholash, natijalarni saqlash va hisobingizni boshqarish. Reklama maqsadida sotilmaydi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.
3. Sun’iy intellekt bilan ishlash
Test yaratish, paraphrase va yozma ishni baholash uchun matn sun’iy intellekt xizmatiga yuboriladi. Bu ma’lumotlar modelni o‘qitish uchun ishlatilmaydi. O‘quvchilarning ismlari AI so‘rovlariga qo‘shilmaydi.
4. Saqlash muddati
Materiallar va natijalar hisobingiz faol bo‘lgan davrda saqlanadi. Hisobni o‘chirishni so‘rasangiz, barcha fayllar va shaxsiy ma’lumotlar 30 kun ichida o‘chiriladi.
5. Xavfsizlik
Parollar qaytarilmas shaklda saqlanadi. Javob kalitlari AES-256 bilan shifrlanadi. Ma’lumotlar uzatilishi HTTPS orqali amalga oshiriladi.
6. Sizning huquqlaringiz
O‘zingiz haqidagi ma’lumotlarni olish, tuzatish yoki o‘chirishni so‘rashga haqlisiz. Buning uchun info@sinov.uz ga yozing.
7. Cookie fayllari
Biz faqat zarur cookie fayllaridan foydalanamiz: sessiyani saqlash va tanlangan tilni eslab qolish. Kuzatuv yoki reklama cookie fayllari ishlatilmaydi.